OAV: Rossiya Tojikiston bilan aviaaloqalarni to‘xtatishi mumkin

Foto: © RIA
Rossiya Federatsiyasi 2016 yil 8 noyabridan bir tomonlama tartibda Tojikiston bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishi mumkin. Bunga, Tojikiston tomonining "Jukovskiy" aeroportidan parvoz qiluvchi Rossiya kompaniyalarining parvozlarini kelishib olishni rad etgani sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Kommersant" gazetasi soha va Rossiya transport vazirligidagi manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston fikricha, "Jukovskiy" to‘liq faoliyat yuritayotgan to‘rtinchi aeroportga aylangan. "Shu boisdan, Dushanbe va Xo‘jand shaharlariga aviakompaniyalarning qo‘shimcha parvozlarini yo‘lga qo‘yish Rossiya tomoniga aviatashuvchilar va parvozlar oralig‘ini ko‘paytirish imkonini beradi". Ya'ni, Dushanbega parvozni amalga oshirishga ruxsat berish uchun "hukumatlararo kelishuvni ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi", - deb yozadi gazeta.
Rossiya transport vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, hukumat buyrug‘iga asosan "Vnukovo", "Domodedovo" va "Sheremetevo" xalqaro aeroportlari Moskvaga qarashi hisoblanadi. "Jukovskiy" aeroporti esa Ramenskiyga tegishli. Shu bilan, "Tojikiston tomonining Rossiya aeroportining maqomini aniqlashga urinishi Rossiya hukumatining o‘z hududidagi suverenitetini buzadi". "Jukovskiy" aeroportidan parvoz qiluvchi Rossiya aviakompaniyalari samolyotlariga ruxsat bermaslik — havo qatnovlari to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvning "bevosita buzilishidir".
Bundan tashqari, vazirlik matbuot xizmatining ta'kidlashicha, mazkur yo‘nalishlarda parvoz qiluvchilarning aksariyati "Tojikiston YaIMning 48 foizini ta'minlayotgan tojik mehnat muhojirlaridir". Mabodo, rasmiy Dushanbe o‘z qarashini o‘zgartirmasa, Rossiya hukumati mahalliy aviakompaniyalarning "huquqlari poymol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik" maqsadida javob choralari ko‘rishga majbur bo‘ladi, deya vazirlik bayonotidan iqtibos keltiradi gazeta.
Mavzuga oid

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

22:04 / 18.04.2025
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

18:03 / 18.04.2025