Jamiyat | 18:39 / 03.11.2016
14924
1 daqiqa o‘qiladi

YeIdagi eng kriminal millat nomi aytildi

Foto: Express

Navbatdagi tadqiqotlarga ko‘ra, ruminlar Yevropa Ittifoq hududidagi eng kriminal millatdir. Bu haqda Express.co xabar bergan.

Xabar qilinishicha, YeI davlatlari qamoqxonalaridagi mahbuslar orasida Ruminiya fuqarolari nisbatan ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning Yevropadagi mahbuslarning umumiy sonidagi ulushi 34,2 foizgacha yetadi.

Ta'kidlanishicha, Ruminiyaning mamlakat chegaralaridan tashqarida yashovchi fuqarolari orasida jinoyatchilik darajasi mamlakat ichkarisida yashovchi ruminlar bilan solishtirganda 3 barobar ko‘proqni tashkil qiladi.

«Ta'lim darajasi pastligi, ijtimoiy ahvol yomonligi va Ruminiyadagi past maoshlar ko‘plab fuqarolarning xorijga mehnat uchun yo‘l olishiga sabab bo‘ladi. Ular xorijda ko‘p hollarda jinoyatchilik yo‘liga kirib ketishadi», — deyilgan tadqiqotda.

Yevropaliklar orasida jinoyatchilik darajasi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni polyaklar, litvaliklar va bolgarlar band etishgan.