Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada qiymati 15 million funt sterling bo‘lgan masjid qurilishi boshlandi
Britaniyaning Kembrij shahrida yirik masjidni qurish ishlari boshlandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, inshootning umumiy qiymati 15 million funt sterling. Qadimiy shaharning umumiy arxitekturasini buzmasligi uchun maxsus loyiha ishlab chiqildi. Bu haqda Muxlis.uz xabar bermoqda.
Abu Bakr Jomiy masjidi yer osti avtoparki, yirik ibodat zali va halol restoranni o‘z ichiga oladi. Uning atrofiga ulkan park quriladi. Masjid ekologik sof texnologiyalar asosida qad rostlaydi.
Bino tomiga bog‘ barpo etiladi, suvni qayta ishlash tizimi, elektr energiyasini maksimal darajada iqtisod qilish imkonini beruvchi yagona texnologik tizim o‘rnatiladi. Masjidning qurilish jarayoni tunu kun onlayn rejimida kuzatib turilmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025