Jamiyat | 15:17 / 05.11.2016
13041
2 daqiqa o‘qiladi

Bred Pitt farzandlarini Anjyelina Joli bilan birga qaramog‘iga olmoqchi

Foto: © EPA

Hollivud yulduzi Bred Pitt rasman sudga murojaat qilib, o‘zi va rafiqasi Anjyelina Joli uchun 6 nafar farzandi vasiyligini birdek taqdim etishni so‘ragan. Bu haqda, People jurnali yozmoqda.

Pitt advokatlari tomonidan Kaliforniya sudiga yuborilgan hujjatlarda aytilishicha, Pittni barcha farzandlari onasi bilan yashashi, Bred esa faqatgina ularni ko‘ra olishi mumkinligi to‘g‘risida Joli bildirgan taklif qanoatlantirmaydi. Biroq, hozircha, bu masala yuzasidan yakuniy qaror chiqarilmagan. 

Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, sud qaroriga Pittning farzandlariga nomunosib muomala qilgani xususida olib borilayotgan tergov natijasi ta'sir etishi mumkin. Joli bunday hollar bo‘lib turganini ta'kidlayotgan bo‘lsa, aktyor bu ayblovlarni rad etmoqda. 

Odatda, Kaliforniya sudlari aksar hollarda farzandlar borasida ota va onaga birdek vasiylik huquqlarini taqdim etadi. Shu bilan birga, Joli va Pitt sud qarorini kutmasdanoq, o‘zlari kelishib olishlari ham mumkinligi aytilmoqda. 
 

Mavzuga oid