Jahon | 07:41 / 05.11.2016
5279
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning Diyorbakiridagi terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Foto: RIA

IShID terrorchilik guruhi Turkiyaning Diyorbakiridagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, xavfsizlik departamenti boshqarmasi binosi oldida sodir etilgan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 100 kishi jarohat oldi.  

Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim teraktni sodir etishda gumonlanuvchi – Kurdiston ishchi partiyasi a'zosi o‘ldirilganini ma'lum qildi.  

 

Mavzuga oid