Jamiyat | 17:09 / 05.11.2016
120210
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayotdan ko‘z yumdi

Foto: AbdullaOripov.com

O‘zbekiston xalqi, O‘zbekiston adabiyoti va san'ati og‘ir judolikka uchradi. Kun.uz sayti manbasining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov og‘ir xastalikdan so‘ng 75 yoshida vafot etgan. 

O‘zbekiston Davlat madhiyasining muallifi Abdulla Oripov AQShda davolanish kursini o‘tayotgani, uning ahvoli og‘irlashgani haqida avval xabar qilingan edi

Kun.uz tahririyati marhum ustoz shoirning oila a'zolari va yaqinlariga, O‘zbek xalqiga chuqur hamdardligini bildiradi va sabr tilaydi. 

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un!

Marhum shoir Abdulla Oripov hayoti va ijodi >>>

Mavzuga oid