Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chelik Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lishiga norozilarni irqchilikda aybladi
Turkiyaning YeI ishlari bo‘yicha vaziri Umar Chelik, Turkiyaning YeIga a'zoligi bo‘yicha muzokaralarni muzlatishga chaqirayotganlarni irqchilikda aybladi, deb xabar qilmoqda Reuters.
U bu haqda YeI vakillari bilan Anqarada o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida so‘z yuritgan.
Chelikning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va YeI munosabatlari «zaif» davrni boshidan kechirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa mamlakatlari Turkiya parlamentining Xalqlar demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari hibsga olingach, rasmiy Anqarani keskin tanqid qilgan edi.
Ularning hibsga olinishiga, Turkiya hukumatining izohiga ko‘ra, deputatlarning Kurdiston ishchi partiyasiga aloqadorliklari sababdir. Ma'lumki, bu siyosiy harakatning Turkiyadagi faoliyati taqiqlangan.
Bundan avval, Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an KIPni qo‘llab-quvvatlagani uchun Yevropani terrorizmga yordam berayotganlikda ayblagan edi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025