Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google va YouTube AQShdagi prezidentlik saylovlarini translyatsiya qiladi
Google va YouTube ertaga, 8 noyabrda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qiladi. Bu haqida Google o‘z blogida xabar berdi.
Ovoz berish jarayoni tugagandan keyin Google va YouTube'da tegishli so‘rov asosida ovoz berishning oraliq natijalari haqida ma'lumot olish mumkin bo‘ladi. Gap faqat prezidentlik poygasi haqida emas, balki Kongress va Senatdagi o‘rinlarning taqsimlanishida ham ketmoqda.
Manbaga ko‘ra, qidiruv natijalari 30dan ortiq tilda taqdim etiladi.
Ovoz berish jarayonining tugash vaqti shtatiga qarab farqlanadi.
Saylov kuniga qadar YouTube'da ko‘plab to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalar berildi: foydalanuvchilar ularni tomosha qilishga jami 20 million soat sarflashgan. Prezidentlik poygasining so‘nggi kunida videoxosting PBS, NBC, MTV, Bloomberg, ispan tilidagi Telemundo telekanallari hamda The Young Turks veb-shousining jonli efirlarini taqdim etadi.

Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025