Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Space X raketalarining xavfidan ogohlantirmoqda
NASA maslahat kengashi a'zolari SpaceX kompaniyasi kosmik kemalarining astronavtlar bilan birga fazoga chiqarilishi xavfidan ogohlantirdi. Bu haqida Wall Street Journalnashri xabar berdi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, SpaceX raketalarini yoqilg‘i bilan ta'minlash usuli xavfsizlik qoidalarini buzadi va kema ekipaji uchun xavf tug‘diradi. Kompaniya raketa tashuvchilarida ultrapast haroratga sovutilgan yoqilg‘i ishlatiladi, shu bois raketani yoqilg‘i bilan to‘ldirgandan so‘ng yarim soat ichida ishga tushirish kerak bo‘ladi. Mutaxassislar bunday qisqa vaqt ichida astronavtlarning o‘z o‘rinlarini egallashlari qiyin ekanligini ta'kidlashmoqda. Biroq ekipaji o‘z o‘rnida bo‘lgan raketani yoqilg‘i bilan to‘ldirish ham xavfsizlik qoidalariga ziddir.
Bundan avval Wall Street Journal sentabr oyi boshida ro‘y bergan Falcon 9 raketa tashuvchisining portlashiga aynan uni yoqilg‘i bilan to‘ldirish usulini sabab qilib ko‘rsatgandi. Shu munosabat bilan raketalarning ishga tushirilishi noma'lum vaqtga qoldirilgan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
23:30 / 04.05.2025
Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi
15:06 / 01.05.2025