Jamiyat | 11:56 / 07.11.2016
20541
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar superoy hodisasini kuzatishga muvaffaq bo‘lishadi

Foto: Shutterstock

Internet-nashrlarda 14 noyabrda kutilayotgan superoy hodisasi faol muhokama qilinmoqda: ushbu tunda Oy bizning sayyoramizga rekord darajada yaqinlashadi va bu ajoyib voqeani O‘zbekiston ahli kuzatishi mumkin. 

Superoy - bu to‘linoy yoki yangi oyning Yer bilan maksimal darajada yaqinlashuvi kuzatiladigan astronomik hodisa. Bu hodisa elliptik orbita natijasida sodir bo‘ladi, unda Oy bizning sayyoramiz atrofida aylanadi. Mazkur hodisa tufayli Yerdan Oy diskini odatdagidan ancha katta hajmda ko‘rish mumkin bo‘ladi. 

Superoy yog‘dusini O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy hamda  bu davlatlar yaqinidagi mamlakat va shaharlarda kuzatish mumkin. Bu haqida 1news.uz nashri xabar berdi. 

Olimlar yaqinlashib kelayotgan kosmik hodisani video va fotokameralarga muhrlashga arzigulik noyob hodisa, deb hisoblashmoqda.

Manbaga ko‘ra, har yili 2-5 marta to‘liq quyosh tutilishi va 0-2 marta to‘liq oy tutilishi kuzatiladi. 2016 yilda esa quyosh tutilishi - 2 marta kuzatiladi , oy tutilishi esa - 0. 2016 yilning 14 noyabrida superoy hodisasi Oyning Yerga yaqinlashuvi bilan deyarli bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Oy yaqinlashuvi va to‘linoy o‘rtasidagi vaqt 3 soatdan kam bo‘ladi. Bu noyob hodisa 14 noyabrdan 15 noyabrga o‘tar kechasi ro‘y beradi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, superoy hodisasi 14 dekabrda ham kutilmoqda, faqat u bu qadar ajoyib ko‘rinishda bo‘lmaydi. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid