AQShdagi muddatidan oldingi saylovlarda davomat bo‘yicha rekord qayd etildi
AQSh prezidentligiga muddatidan oldingi saylovlarda rekord sondagi saylovchilar qatnashdi. Kelib chiqishiga ko‘ra lotin amerikalik bo‘lganlarning faolligi kuzatilgan, bu esa Hillari Klintonga ustunlik taqdim etadi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.
Pochta orqali yoki saylov uchastkalarida 46,27 million kishi o‘z tanlovini amalga oshirgan.
Ma'lum qilishinishicha, rekord ko‘rsatkichlar 28ta shtat va Kolumbiya okrugida qayd etilgan. Bu orqali 2012 yilgi rekord yangilandi.
AP taxminlariga ko‘ra, muddatidan oldingi ovozlarning umumiy soni 50 milliontaga yetishi mumkin, bu saylovlarda ishtirok etadiganlar umumiy sonining 40 foiziga teng bo‘ladi. 4 yil oldingi saylovda muddatdan oldingi saylovda 46,22 million kishi (35 foiz) ovoz bergandi.
Shimoliy Karolinadagi ko‘rsatkichlar, bu hududda istiqomat qiluvchi qora tanli amerikaliklarning saylovga qiziqishi juda past darajada ekanini ko‘rsatmoqda. 2008 va 2012 yillarda bu shtat aholisi saylovlarda nisbatan faolroq bo‘lgandi. Shu bilan birgalikda demokratlarni qo‘llab-quvvatlayotgan kelib chiqishiga ko‘ra lotin amerikaliklarning faolligi keskin oshgan. Bu esa saylovda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan Florida shtatida Klintonga ustunlik berishi kutilmoqda. Respublikachilar vakili Donald Tramp esa Shimoliy Karolinada va Floridada g‘alabaga erisha olmasa, saylovni yutqazishi tayin.
AQShda umumiy saylovlar 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Saylovchilar prezident va vitse-prezidentni saylashi, shuningdek, Vakillar palatasining barcha 435 a'zosini, 100 nafar Kongress senatorlarining 34 nafarini, 12ta shtat va ikkita hudud gubernatorlarini hamda 15ta yirik shahar merlarini qayta saylashi kerak.
Mavzuga oid
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi
21:49 / 08.11.2024
Ishchilar sinfi isyoni yoki muvaffaqiyatsiz kampaniya? Harris saylovda nega yutqazdi?
18:42 / 07.11.2024
Trampning g‘alabasi: u amerikaliklarni qanday ishontira oldi?
18:18 / 07.11.2024