Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda Hyperloop tizimini barpo etish imkoniyati ko‘rib chiqiladi
BAAning Dubay shahri transport departamenti va Amerikaning Hyperloop One kompaniyasi o‘zaro shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, tomonlar Abu-Dabi va Dubay shaharlari o‘rtasida tovushdan tez harakatlanuvchi Hyperloop transport tizimini barpo etish imkoniyatlarini o‘rganadi.
Amirlikda chop etiluvchi Khaleej News nashrining yozishicha, tovushdan tez, vakuumli Hyperloop ("Giperxalqa") poyezdi, nazariy jihatdan soatiga 1200 km tezlikkacha harakatlanishi mumkin. U barpo etilsa, Dubay shahridan BAA poytaxti Abu-Dabigacha bo‘lgan masofani 12 daqiqada ortda qoldirish mumkin. Bu tizimdan yo‘lovchilar va transport vositalarini tashishda foydalaniladi.
Avvalroq, Dubaydagi jahonning eng yirik port operatorlaridan biri DP World kompaniyasi konteynerlarni tushirishda Hyperloop texnologiyasidan foydalanishga qiziqish bildirgan edi.
Hyperloop – po‘lat quvurlardan iborat tizim bo‘lib, uning ichiga poyezd, aniqrog‘i aerodinamik "yostiqcha"dagi germatik kapsula joylanadi. G‘oya muallifi – milliarder Ilon Mask hisoblanadi. U Tesla Motors elektromobillar ishlab chiqaruvchi va Space X raketasozlik kompaniyasi asoschisi hamdir.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025