Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda eksport hajmi 1 yil oldingiga nisbatan 7,3 foizga kamaydi
Shu yilning oktabr oyida Xitoyda eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,3 foizga qisqargan. Import hajmi esa 1,4 foizga kamaygan. Bu haqda Xitoy bosh bojxona qo‘mitasi ma'lumotlariga asoslanib, Reyter agentligi xabar bergan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkichlar kutilganidan ko‘ra yomonroq. Oktyabr oyida tashqi savdo saldosi 49,6 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi, tahlilchilar esa bu miqdor 51,7 mlrd dollarga teng bo‘lishini kutishgandi.
Sentyabr oyida import 1,9 foizga pasaygan, oktabrda 1,4 foiz. Prognozga ko‘ra, bu miqdor 1 foizni tashkil etishi kutilgandi.
Oktyabr oyida Xitoyda YaIM o‘sishi uchinchi chorakda 6,7 foizlik darajada saqlanib qolgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025