Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NetSuite aksiyadorlari Oracle bilan birlashish bitimini ma'qullashdi
AQShning dastur ishlab chiqaruvchi va "bulutli" texnologiyalar negizida xizmatlar taqdim qiluvchi NetSuite Inc. kompaniyasi aksiyadorlari kompaniyaning tashkilotlar uchun dasturiy ta'minot yaratish sohasida dunyo yetakchisi Oracle Corp. kompaniyasiga 9,3 mlrd dollarga sotilishi bo‘yicha bitimni ma'qullashdi.
NetSuite’da ma'lum qilinishicha, bitimni 53 foiz aksiyadorlar ma'qullashgan. Shu bilan birga ma'lum qilinishicha, kompaniyaning 45 foiz aksiyasi Oracle prezidenti Larri Ellison va uning oilasiga tegishli, biroq ular ovoz berishda ishtirok etishmagan.
Bitimga NetSuite’ning eng yirik mustaqil aksiyadori, uning 18 foizga aksiyasiga egalik qiluvchi T. Rowe Price Group kompaniyasi qarshi chiqqan. Kompaniya vaillarining fikricha, taklif qilingan narx juda past bo‘lgan. Biroq qolgan aksiyadorlar bitimni ma'qullashgan.
NetSuite’ning sotib olinishi Oracle tarixidagi eng yirik bitimlardan biri bo‘ladi. "Bulutli" texnologiyalar sohasida raqobatchilarga yetib olmoqchi bo‘layotgan kompaniya shu tariqa o‘zining "bulutli" texnologiyalar sohasidagi mavqeini mustahamlab olmoqchi.
Mavzuga oid
14:19 / 11.05.2018
O‘zbekiston Microsoft, Oracle, Cisco bilan hamkorlik olib bormoqda
00:36 / 28.03.2018
AQSh sudi Google kompaniyasi Oracle’ning mualliflik huquqlarini buzgan deb topdi
17:00 / 07.12.2017
O‘zbekistonda Oracle Academy ta'limiy dasturi orqali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
21:36 / 23.03.2017