Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya milliy valyutasi rekord darajada qadrsizlandi
Turkiya milliy valyutasi – turk lirasi ketma-ket to‘rtinchi yil qadrsizlanmoqda. 8 noyabrda turk lirasi AQSh dollariga nisbatan rekord darajada qadrsizlandi, uning kursi 1 AQSh dollariga 3,1853 lirani tashkil qildi. Bunga Turkiya sanoat ishlab chiqarishi haqidagi ma'lumotlar Turkiyaning yalpi ichki mahsuloti 3-chorakda qisqarishi mumkinligini tasdiqlagani sabab bo‘ldi.
Bundan tashqari, turk muxolifatiga siyosiy bosim o‘tkazish bilan bog‘liq xavotirlar kuchaydi, deb yozmoqda Hurriyet nashri.
Turkiyada sanoat ishlab chiqarishi sentabrda avgustdagi 2,2 foizga ko‘tarilishdan keyin to‘satdan 3,1 foizga qisqarib ketdi. Turkiya hukumati valyuta bozoriga aralashmoqchi emas, deb ma'lum qildi Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi.
Eslatib o‘tamiz, liraning kursi 2015 yil oxiridan ayni vaqtga kelib 8,1 foizga qadrsizlanib ketdi va rivojlangan davlatlar valyutalari o‘rtasida qadrsizlanish sur'atlari bo‘yicha faqatgina argentina pesosidan oldinda bormoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025