Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi simsiz Mi Mouse "sichqoncha"sini namoyish qildi
Xiaomi kompaniyasi o‘zining ilk simsiz "sichqoncha"sini namoyish qildi. Qurilma Mi Mouse nomini oldi va u 99 yuandan (taxminan 100 ming so‘m) taklif qilinmoqda.
Simsiz "sichqoncha" korpusi ABS-plastik va anodirlangan alyuminiydan yasalgan. U kompyuter yoki boshqa bir qurilmaga Bluetooth (4.0) va Wi-Fi (2.4 GGts) orqali ulanadi, aloqa 10 metr radiusida barqaror ishlaydi.
"Sichqoncha" Windows 7 va undan keyingi versiyalar boshqaruvi ostidagi kompyuyerlarga ulanadi, u bir vaqtning o‘zida ikki qurilma bilan ishlashi ham mumkin. 1200 dpi'li yuqori aniqlikdagi lazer sensori qattiq stol, mato yoki shishada ishlay oladi.
Yangi "sichqoncha" dizayni minimallikka asoslangan. Ikki tugma doirani hosil qiladi, ularning orasida - skroll g‘ildiraklari joylashgan. Tagida - qurilmani yoqish va o‘chirish, shuningdek simsiz tarmoqqa ulash tugmasi bor.
Xiaomi "sichqoncha"si hajmi — 110,2x57,2x23,6 mm, vazni - 77,5 g. Qurilma 11 noyabrdan Xitoyda sotuvga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
15:24 / 28.03.2025
Xitoyda dunyodagi ilk birinchi yordam ko‘rsatuvchi robot taqdim etildi
11:19 / 24.03.2025