Jahon | 16:04 / 09.11.2016
14178
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov: Putin AQSh prezidentlik saylovlari natijasiga o‘z munosabatini bildiradi

Foto: RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy mamlakatlar yangi elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qilish chog‘ida AQSh davlat rahbarligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasiga ham o‘z fikrini bildirishi kutilmoqda. U, shuningdek, xalqaro siyosatning dolzarb masalalariga e'tibor qaratadi, deya ma'lum qilgan prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Bir necha daqiqadan so‘ng, Putin yangi elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qilishni boshlaydi...Bilasizmi, prezident odatda elchilar oldida ma'ruza qiladi, unda xalqaro siyosatga doir dolzarb muammolarga e'tibor qaratadi. Shu boisdan, davlat rahbari AQShdagi prezidentlik saylovi natijasiga ham to‘xtalishi mumkin", — degan Peskov.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid