O‘zbekiston | 17:07 / 09.11.2016
5719
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zMUda xorijlik olimlar xalqaro simpozium oldidan master-klasslar o‘tkazdi

10-11 noyabr kunlari Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti bazasida "Fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar" mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan, 9 noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti fizika fakultetida bir qator xorijiy davlat olimlari ishtirokida master-klasslar o‘tkazildi.

Jumladan, yaponiyalik olim Taka Kajino "Impact of Nuclear Electroweak Procceses on the Element Genesis" mavzusidagi tadqiqoti bilan o‘rtoqlashar ekan, uning yadro zarrachalar va "Buyuk portlash" haqidagi fikri tinglovchilarda qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, Ukrainaning Xarkov universiteti doktori, professor Andrey Solovyov elektor toki ustida olib borgan tajribasi haqida ma'ruza qildi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Mavzuga oid