Jahon | 00:22 / 10.11.2016
9228
1 daqiqa o‘qiladi

NATO O‘rta yer dengizida yangi operatsiya boshladi

Foto: Getty Images

NATO O‘rta yer dengizida harbiy-dengizdagi joylashuvini kuchaytirish bo‘yicha "Dengiz qo‘riqchisi" (Sea Guardian) deb nomlangan operatsiyani boshladi. Bu haqda NATO xabarida aytilgan.

"Bugun NATO O‘rta yer dengizida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha ""Dengiz qo‘riqchisi" deb nomlangan yangi doimiy operatsiyani boshladi", deyildi xabarda. 

Ta'kidlanishicha, operatsiyalarda  Bolgariya, Italiya va Turkiya fregatlari hamda Gretsiya va Ispaniya suv osti kemalari, Gretsiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya va Portugaliya dengiz patrul samolyotlari ishtirok etadi.

Ma'lum qilinishicha, operatsiya real vaqt davomida dengizdagi faollikni kuzatishga, bu esa ehtimoliy xavflardan ogohlantirishga imkon beradi.

NATO yangi operatsiyasi boshlanishi haqidagi qarorni Varshavadagi sammitda qabul qilgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid