Jahon | 07:38 / 10.11.2016
44395
1 daqiqa o‘qiladi

NYT: Rossiya AQShdan "kutilmagan sovg‘a" oldi

Foto: © AP

Donald Trampning AQSh prezidentligi saylovlaridagi g‘alabasi Kremlga kutilmagan sovg‘a bo‘ldi, deb yozmoqda The New York Times.

Nashrning ta'kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun saylovlar natijasi Moskva G‘arbning zaifligi isboti sifatida AQShdagi prezidentlik saylovlarini qo‘llay olishidan kamroq darajada muhimroq bo‘lgan. 

Maqola mualliflarining fikricha, Trampda tashqi siyosat yurgazishda tajriba, NATO bilan aloqalar yo‘qligi, uning Putin bilan ochiqchasiga hayratlanishi va Qrimni tan olishi mumkinligi Kremlga qo‘l keladigandek ko‘rinadi. 

Xillari Klinton esa Rossiyada xushlanmaydi. Ko‘plab rossiyalik yuqori lavozimdagi amaldorlar uni Liviya, Suriya va Ukrainani to‘zitgan "tuzumlarni o‘zgartirish"ning "bosh arxitektorlaridan biri" deb atashadi, deb o‘z fikrlarini xulosalamoqda The New York Times.

 

Mavzuga oid