Jahon | 21:47 / 10.11.2016
8465
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Trampdan Gulenning ekstraditsiya qilinishini so‘radi

Foto: © AP

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Donald Trampni saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi va u prezidentlik postiga o‘tirgach, ikki mamlakat munosabati borasidagi siyosatni ko‘rib chiqishiga umid bildirdi. 

"Men yangi prezidentdan joriy yilning 15 iyulida Turkiyada davlat to‘ntarishini uyushtirishga buyurtma bergan, uni tashkillashtirgan va ayni damda AQShda yashayotan Fathulla Gulenni ekstraditsiya qilishni ochiq so‘rayman. Ishonmanki, uning ekstraditsiya qilinishi ikki davlat uchun yangi davr olib keladi",— dedi Yildirim. 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid