Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klintonni saylovdan keyin o‘rmonda uchratishdi
AQShning Chappakua shahrida yashovchi (Nyu-York shtati) Margo Gerster o‘rmonda tasodifan AQSh sobiq davlat kotibi, 1 kun oldin prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lgan Hillari Klintonni uchratib qoldi. Qiz u bilan tushgan suratini “Feysbuk”dagi sahifasida e'lon qilgan.

Gerster joylashtirgan suratga izoh sifatida yozishicha, saylovlardan qattiq charchagach, o‘zining sevimli maskani bo‘lmish Chappakuada dam olishni maqsad qilgandi. U tasodifan itlari bilan sayr qilib yurgan Bill va Hillari Klintonni uchratib qolgan. Gerster imkoniyatni boy bermagan holatda, sobiq davlat kotibiga saylovoldi kampaniyasi uchun minnatdorchilik bildirgan.
Shundan so‘ng, Klinton unga ham tashakkur izhor etgan va turmush o‘rtog‘i bilan sayrni davom ettirgan.
Mavzuga oid
10:59 / 09.01.2025
O‘zbekistonda “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi
21:09 / 29.01.2024
Rossiya NATOga qo‘shilishi ko‘zda tutilgandi. Klintonning Moskvaga tashrifi haqida hujjatlar e’lon qilindi
23:34 / 27.09.2023
Hillari Klinton NATO kengayishi Putin siyosatining natijasi ekanini aytdi
20:35 / 05.05.2023