Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerri iqlimning global o‘zgarishi haqiqat ekanligini tasdiqladi
AQSh davlat kotibi Jon Kerri shanba kuni o‘zining Twitter'dagi tarmog‘i orqali Antarktidada tushgan suratini taqdim etdi va iqlimning global o‘zgarishi - haqiqat ekanligini ta'kidladi.
Kerrining Antarktidadagi Mak-Merdo stansiyasiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur safar global isish masalalariga bag‘ishlangan. Tashrif doirasida davlat kotibi Rossa oroli yaqinidagi hududlar va Amundsen - Skott stansiyasiga ham boradi.
"Antarktidada dunyoning yetakchi tadqiqotchilari bilan. Ilm-fanga ayon: iqlimning o‘zgarishi - haqiqat. Biz o‘z qo‘rquvlarimizdan kelib chiqib, buni inkor etamiz", - deb yozgan davlat kotibi suratning tagiga.
Saylov oldi debatlari chog‘ida demokratlar nomzodi Hillari Klinton raqibi Donald Trampni iqlimning o‘zgarishi - "xitoyliklarning o‘ylab topgan cho‘pchagi" degani uchun ayblagandi. Trampning shtabida bunga biroz boshqacha izoh berildi: respublikachi nomzod iqlimning o‘zgarishi inson ta'siri ostida emas, tabiiy sabablarga ko‘ra ro‘y bermoqda, deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
20:10 / 23.03.2025
Olimlar Antarktidadan ajralib chiqqan aysberg ostida faol ekotizim mavjudligini aniqladi
10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda
13:34 / 07.03.2025
Dengiz muzliklarining maydoni tarixiy minimumgacha qisqardi
13:57 / 24.01.2025