Fan-texnika | 00:18 / 12.11.2016
10898
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiya va Xitoy sun'iy yo‘ldoshlar "qotilini" yaratmoqda

Foto: nasa.gov

Rossiya va Xitoy dushman sun'iy yo‘ldoshlarini yo‘q qilib yuborishga qodir qurol yaratish ustida birgalikda ishlamoqda, deb xabar bermoqda The National Interest.

Xabarda aytilishicha, Rossiya va Xitoyda yer, havo va orbitada joylashadigan sun'iy yo‘ldoshlarga qarshi tizimlar yaratilmoqda. Gap yo‘ldoshlarni yo‘q qiluvchi tizimlar va radioelektron kurash vositalari haqida ketmoqda. 

"2013 yil mayida Xitoy katta balandlikka tadqiqot raketasini uchirdi, bu raketa yer atrofidagi orbitaga yetib, geostatsionar orbitada yo‘ldoshlarga hujum qilish vositalarini namoyish qildi", deb yozmoqda The National Interest.
 
Nashrda alohida ta'kidlanishicha, AQShning 2010 yilda qabul qilingan koinot dasturida bunday vositalarni yaratish ko‘zda tutilmagan. Bu esa "koinot Pyorl-Xarbori" deb ataluvchi vaziyatga olib kelishi mumkin.

 

Mavzuga oid