Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament rahbari Turkiyaga sanksiyalar qo‘llanishi bilan tahdid qildi
Yevroparlament raisi Martin Shults Bild nashriga bergan intervyusida Turkiya bilan munosabatlarda iqtisodiy sanksiyalar joriy qilinishi mumkinligi haqida aytdi. U bunday ehtimol Turkiyada muxolifat vakillari bo‘lgan siyosatchilar hamda jurnalistlarning hibsga olinayotgani fonida paydo bo‘lganini ta'kidlagan.
«Biz YeIdagilar Turkiya bilan munosabatlardan qanday sanksiyalar qo‘llashimiz mumkinligini o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Turkiya a'zosi hisoblanadigan Bojxona ittifoqi yil oxirida qayta isloh etiladi. Men muxolifatchi deputatlar va jurnalistlar qamoqqa tashlanadigan bu mamlakat hisobiga Bojxona ittifoqini kengaytirishni tasavvur eta olmayman», — degan u.
Shults shuningdek, YeI Turkiyada o‘lim jazosi tiklansa, bunga ham javob qaytarilishini qayd etib o‘tgan.
«Agar Turkiyada o‘lim jazosi qaytadan joriy etilsa, bu mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha jarayon shu zahoti to‘xtaydi», — degan Shults.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u voqealar jarayoni shu taxlit kechishini istamaydi. Shults hibs qilinayotgan muxolifatchilarga yordam bera olmasligidan tashvishini bildirgan. U bu borada muloqot o‘tkazilishi kerakligini ta'kidlagan.
Bundan oldinroq, manbalardan biri Yevroparlament ko‘p ehtimol bilan Turkiya uchun vizasiz rejim taqdim etishga qarshi ovoz berilishi haqida xabar qilgandi.
Mavzuga oid
22:55 / 13.03.2025
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
11:45 / 21.12.2024
Yevroparlamentda O‘zbekistonga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi
15:51 / 29.11.2024
Yevroparlament Gurjistonda yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirdi
13:28 / 21.11.2024