Jamiyat | 22:16 / 13.11.2016
23257
2 daqiqa o‘qiladi

Putin KVN yubiley kechasiga tashrif buyurdi va u haqda hazillashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘plab davlatlarda ommabop bo‘lgan KVN (Klub veselyx i naxodchivyx) ko‘rsatuvining 55 yilligiga bag‘ishlangan yubiley kechaga tashrif buyurdi.  

Putin kechaga tashrif buyurgan klubning barcha ishtirokchilari va 24 noyabrda 75 yoshini qarshilaydigan, klub boshlovchisi Aleksandr Maslyakovni bu ajoyib sana bilan tabrikladi. Putin KVNchilarning hazillariga baho berib o‘tdi.

"Ular o‘zlariga qandaydir hazillar qilishga ijozat berishadi. Va yana qayerda? Kremlda. Sobiq, ketayotgan, kelayotgan va amaldagi katta boshliqlar haqida. Mana bu gapni kim haqida gapirgandingiz: "Uylandi, ajrashdi, baxtli"?", deb o‘ziga sha'ma qilgan Putin. Zal bu hazilni kulgi va olqishlar bilan qabul qilgan.

"Mendan KVNga maslahat berishni so‘rashdi: KVN – katta, inoq, juda yaxshi oila, baxtli bo‘linglar", deb maslahat bergan Putin.

"Govorit Moskva" radiostansiyasining xabar berishicha, Putin eslab o‘tgan hazil "Sbornaya Pyatigorska" jamoasi ijrosi vaqtida yangragandi. Jamoa a'zolaridan biri radiostansiyaga bu hazil Putin haqida bo‘lmagani va jamoaning bir a'zosiga nisbatan aytilganini ma'lum qilgan.  

 

Mavzuga oid