Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznesni kecha-yu kunduz onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda 2017 yilning 1 aprelidan boshlab, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarni onlayn tarzda kechasi va kunduzi ro‘yxatga olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2016 yil 28 oktabrda qabul qilgan “Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” qarori bandida shu haqda so‘z yuritilgan.
Mazkur hujjat bilan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi ma'qullangan.
Qarorga ko‘ra, 2017 yil 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga integratsiyalashgan Tizim orqali tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan kecha-yu kunduz o‘tkazish va hisobga olish ta'minlanadi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:03 / 20.05.2025