Sport | 21:38 / 14.11.2016
13599
1 daqiqa o‘qiladi
Ronalduning bolalikdagi laqabi qanaqa bo‘lgani eslandi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yoshligida yoqimsiz laqabga ega bo‘lgan. U bilan 8 yoshida «Andorinya» klubida jamoadosh bo‘lgan Rikardu Santush uning bolaligini esga oldi.
«Krishtianuni yaxshi eslayman, u juda kamtar bola edi. To‘pni oldirib qo‘yishi bilanoq ko‘zidan yosh chiqib ketardi. Jamoadoshlari to‘p uchun kurashayotgan paytda maydonda yig‘lab turardi.
Biroq Ronaldu o‘sha paytda ham yaxshi futbolchi edi. Boshqalarga qaraganda tezkor o‘ynab, driblinglar qilib, ko‘plab gol urardi.
Krishtianu g‘alaba qozonishni yoqtirardi. Agar yutqazsa, yig‘lashni boshlardi. Shu daraja ko‘p yig‘lardiki, hatto «Yig‘loqi» degan laqabni orttirib olgandi», deya Santushning so‘zlarini keltirgan Goal.