Jahon | 08:03 / 15.11.2016
17048
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada iqtisodiy taraqqiyot vaziri pora ustida hibsga olindi

Foto: /TASS

Rossiya Tergov qo‘mitasi mamlakat iqtisodiyot vaziri Aleksey Ulyukayevni hibsga oldi, deb xabar qilmoqda qo‘mita vakili Svetlana Petrenko.

"Davlat lavozimini egallab turgan Aleksey Ulyukayevning qo‘lga olinishiga 14 noyabr kuni vazirlik tomonidan "NK "Rosneft" OAJ tomonidan "Bashneft" ANK" OAJning 50 foiz aksiyasini xarid qilish paketini ma'qullashi uchun 2 mln dollar pora olgani sabab bo‘ldi", - degan Petrenko. 

"Yaqin orada vazirga nisbatan ayblov e'lon qilinadi va uni hibsda saqlab turish bo‘yicha chora ko‘riladi", - degan TQ vakili. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ulyukayev pora olayotgan vaqtda, dalillar bilan birga ushlangan. 

"Gap "Rosneft" vakillariga tahdid qilish bilan birga pora ta'magirligi haqida bormoqda. Ulyukayev porani olayotgan vaqtda ushlandi", - deya aniqlik kiritgan Petrenko. 

"Rosneft" tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi boshqaruvidagi "Bashneft"ning 50,08 foiz aksiyasini xarid qilishi davlat aktivlarini xususiylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilgan edi. "Rosneft" ushbu kompaniya nazorat paketi uchun 329,69 mlrd rubl mablag‘ to‘lagan.


 

Mavzuga oid