Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yangicha ko‘rinishdagi agrofirmalar tashkil qilinadi
O‘zbekiston hukumatining 2016 yil 9 noyabrida «Surxondaryo viloyatida dehqon xo‘jaliklarining imkoniyatlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida Surxondaryo viloyatida MChJ ko‘rinishida agrofirmalar tashkil qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida ma'lum qilingan.
Bunday firmalar 2016 yilning 10 dekabrigacha tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan. Bunday firmalar viloyatning har bir tumanida mavjud bo‘ladi. Ularning faoliyati «O‘zagroeksport», Kichik biznes eksport fondi va Milliy bankning Toshkent shahri bo‘limlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Ularni rivojlantirish uchun, tashkil qilinganidan keyin 1 oyi ichida har bir agrofirma faoliyatini yuritish uchun kamida 2 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Agrofirmalar faoliyati turli yo‘nalishlarga qaratilgan bo‘lib, ular yer va mehnat resurslaridan samarali foydalanish uchun dehqon xo‘jaliklari bilan chambarchas bog‘langan holda faoliyat yuritishadi.
Agrofirmalar dehqon xo‘jaliklariga ichki va tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish buyurtmalarini topshiradi. Shuningdek, ular dehqon xo‘jaliklarini urug‘ va ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar bilan ta'minlashadi.
Agrofirmalar meva sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, navlarga ajratish va qadoqlash bilan, hamda issiqxonalar, sovutgich kameralari va mahsulotlarni qayta ishlash sexlari qurish bilan ham shug‘ullanadi.
Agrofirmalar hududda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Respublika va xorij mamlakatlar bozorlarida sotish bilan ham shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
13:36 / 04.02.2023
Surxondaryoda ikkita bog‘chaning bozor bahosi qariyb 1,7 mlrd so‘m bo‘lgan binolari va yerlari noqonuniy berib yuborildi
00:05 / 24.01.2023
24 yanvardan Surxondaryodagi barcha maktablarda darslar an’anaviy shaklda davom ettiriladi
15:04 / 18.01.2023
Surxondaryoda salkam 153 mln so‘m evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
16:12 / 16.01.2023