Tramp o‘z farzandlari bilan davlat sirlarini baham ko‘rishi mumkinmi?
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp jamoasi ayrim OAVda paydo bo‘lgan hamda Trampning o‘z farzandlarini davlatning mutlaq maxfiy ma'lumotlaridan xabardor etish istagi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda, ABC telekanali jamoaning nomini oshkor qilmagan a'zosi tayangan holda xabar qilmoqda.
Avvalroq, CBS telekanali o‘z manbasiga asoslangan holda, Tramp o‘z farzandlarini davlatning mutlaq maxfiy bo‘lgan axborotlarini bilishga imkon berish niyatida ekani haqida xabar qilgan edi.
ABC telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning farzandlari maxfiy davlat sirlarini bilish uchun anketalarni to‘ldirishmayapti.
Donald Trampning farzandlari, xususan, Donald Tramp kichik, Ivanka va Erik otasining o‘tish jamoasi tarkibiga kirgani avval xabar qilingan edi. Ularning barchasi, otalarining prezidentlik saylovoldi kampaniyasida faol qatnashganlariga qaramay, uning ma'muriyatida biror lavozimni egallash niyatida emasliklarini bildirishgandi. Tramp jamoasi, shuningdek, milliarder o‘z biznesi boshqaruvini jamoasi ixtiyoriga topshirishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15 / 19.11.2024