Jahon | 20:05 / 15.11.2016
5391
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Derik rahbari o‘ldirilganidan so‘ng 70dan ortiq kishi hibsga olindi

Foto: Getty Images

Turkiya huquq-tartibot idoralari, mamlakat janubi-sharqidagi Mardin viloyati Derik tumani ma'muriyati rahbari Fotih Safiturk o‘ldirilganidan so‘ng, 71 kishini hibsga oldi. Ularning 28 nafari mahalliy hokimiyat vakillaridir, deya ma'lum qilgan viloyat rahbari Mustafo Yaman.

10 noyabr kuni Derik tuman hokimligi binosida bo‘lgan Safiturkka qo‘lbola portlovchi moslamadan foydalangan holda hujum qilingan edi. Buning oqibatida, 3 kishi, shu jumladan Safiturk ham jarohat olgandi. Kelasi kuni Derik rahbari shifoxonada jon bergan. Mazkur xurujda Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari gumon qilinmoqda. 

Mustafo Yamanning aytishicha, portlovchi qurilma tuman hokimligiga pochta jo‘natmasi sifatida keltirilgan hamda ma'muriyat xodimlari tomonidan rahbar xonasiga joylangan, so‘ngra masofadan ishga tushirilgan. 

Safiturk Turkiya hukumati tomonidan o‘z vazifasidan chetlashtirilgan Derik tumani rahbari o‘rniga tayinlangan edi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid