Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» yangi titul homiysi bilan 240 mln dollarlik shartnoma imzoladi
Kataloniyaning «Barselona» klubi o‘zining rasmiy saytida Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.
Rakuten jamoaning bosh homiysiga aylandi va «Barselona» libosiga o‘z reklamasini joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kelishuv 4 yilga imzolangan bo‘lib 2017/18 yilgi mavsum boshidan kuchga kiradi.
Kelishuvga ko‘ra, kompaniya o‘z nomi jamoa futbolkalarida aks etgani uchun har yili 60 mln dollardan to‘lanadi.
Rakuten kompaniyasi e-commerce tizimidagi yirik korxonalardan biri bo‘lib internet tarmog‘i orqali savdo ishi bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq «Barselona» Alibaba Group bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025