Fan-texnika | 19:43 / 16.11.2016
7885
2 daqiqa o‘qiladi

"Dakar" poygasi uchun MINI mashinasi taqdim etildi

Foto: motor.ru

MINI kompaniyasi BMW’ning turbirlangan dizel dvigateli bilan jihozlangan yangi poyga yo‘ltanlamasini taqdim etdi. Mashina navbatdagi "Dakar" va 2017 yilda boshqa ralli-reydlarda ishtirok etadi. 

Tashqi ko‘rinishi Countryman krossoverini eslatuvi mashina MINI’ning avtosport bo‘yicha hamkori X-raid jamoasi yordamida qurildi. Uning yaratuvchilari mashinani mutlaq yangi avtomobil deb atamoqdalar.  

Foto: motor.ru

Avtomobil ikkita turbinali uch litrli, 340 ot kuchiga ega agregat yordamida yuradi. Biroq keyingi mavsumga muhandislar dvigatelni boshqarishning yaxshilangan tizimini tayyorladilar. U yonilg‘i sarfini kamaytirishi va motorning ishini katta tezlikda harakatlanishda optimallashtirishi lozim.  

"Jangovar Mini" old va orqa bloklaydigan dvifferentsial, Akrapovic chiqarish tizimi va har bir g‘ildirak uchun ikkita sozlanuvchi amortizatorlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, 320 mm li diskli 6 porshenli tormoz mexanizmlari qo‘llangan.

2017 yilgi MINI JCW Rally poyga mashinasi tubida ikkita gidravlik ko‘targich va pol tagidagi maxsus joylarda saqlanadigan uchta zaxira g‘ildiragi bilan jihozlangan.

Yangi mashina keyingi yilda "Dakar"dan tashqari, "Ipak yo‘li" ralli-reydida ishtirok etadi.

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru

 

Mavzuga oid