Google neyrotarmoqlar bilan tajriba o‘tkazuvchi saytni ishga tushirdi
Amerikaning Google kompaniyasi A.I. Experiments loyihasini ishga tushirdi. U har bir foydalanuvchiga neyrotarmoqlarda ajoyib tajribalar o‘tkazish imkonini beradi. Ushbu xizmatlardan maxsus sayt orqali foydalanish mumkin.
Bugungi kunda, internetda neyrotarmoqlar ommalashib borayapti. Prisma, Artisto va boshqa ilovalardagi bu kabi xizmatlar foto va videolarni qayta ishlash imkonini beradi. Qo‘l yozuvi va ovozni aniqlay oladi. Murakkab vazifalar, robotlarni boshqarishda, qarorlarni qabul qilishda qo‘llanilmoqda.
A.I. Experiments saytida neyrotarmoqlar ishi haqida oddiy misollar vositasida tushuncha olish mumkin. Xususan, smartfon ekranida oddiy narsani chizishingiz, xizmat esa sizni aks ettirgan narsani aniqlashi mumkin. Siz chizishni davom ettirishingiz barobarida javoblar ham o‘zgara boradi.
Xizmat xodimlarining aytishicha, ushbu xizmat asosini qo‘l yozuvlarini aniqlash bo‘yicha dasturlar tashkil etadi.
Saytda, qush turlarini aniqlash, suratlardagi buyumlarning turli tillardagi nomini bilish va boshqa qator tajribalar o‘tkazish mumkin.
Mavzuga oid
22:19 / 14.11.2024
Googleʼning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi
23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
23:56 / 04.11.2024
Polshada radiostansiya jurnalistlarni ishdan bo‘shatib, sun’iy intellektdan foydalanishga o‘tdi. Bu jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi
22:10 / 03.11.2024