Peterburgning sobiq vitse-gubernatori «Zenit-Arena» ishi bo‘yicha hibs qilindi
Sankt-Peterburg shahrining sobiq vitse-gubernatori Marat Oganesyan Moskvada «Zenit-Arena» stadioni qurilishidagi moliyaviy firibgarlikka aloqadorlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Krestovskiydagi ushbu stadion qurilishida 2014 yili «Transstroy» va «TDM» o‘rtasida stadionga videotablo o‘rnatilishi bo‘yicha kelishuv doirasida 50 million rubl miqdoridagi mablag‘ o‘g‘irlangan.
Ma'lum qilinishicha, «Zenit-Arena» qurilishiga mas'ul bo‘lgan Oganesyan pudratchi sifatida „TDM“ aksionerlik jamiyatiga noqonuniy ravishda egalik qilgan. Keyinroq shaharning sobiq vitse-gubernatori «TDM» foydasiga 50 million rubl miqdoridagi avans o‘tkazgan va «bir kunlik firma» vositasida bu mablag‘ni o‘zlashtirgan.
Peterburg bo‘yicha tergov qo‘mitasi boshlig‘i Sergey Kapitonovning so‘zlariga ko‘ra, Oganesyan «yaqin ikki kun ichida» Sankt-Peterburgga olib ketiladi.
Mavzuga oid
15:39
Peterburgda O‘zbekiston fuqarolari qonuniy tarzda ish bilan ta’minlanadi
07:47 / 23.08.2024
Peterburgda murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi
13:50 / 11.03.2024
Peterburg yaqinida dron urib tushirildi va kuchli yong‘in chiqdi
14:45 / 24.01.2024