Intel haydovchisiz avtomobillar rivojiga 250 million dollar investitsiya qilmoqda
Intel kompaniyasining ijrochi direktori Brayan Krjanich hozirda bo‘lib o‘tayotgan LA Auto Show ko‘rgazmasida ishtirok etayotib, kelasi ikki yil davomida uning kompaniyasi haydovchisiz avtomobillar rivoji uchun 250 million dollar investitsiya qilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqida Hi-News nashri xabar berdi.
250 million dollar - katta summa bo‘lib, kompyuter chiplari ishlab chiqaruvchisining kelajakda avtomobil qurilishida muhim o‘rin tutish istagidan yaqqol dalolat beradi. Biroq bunday bayonot Intel kompaniyasining haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqarish flotini tuzmoqchi ekanligini bildirmaydi, zero avtomobil ishlab chiqarish juda murakkab va qimmatbaho jarayon hisoblanadi. Intel avtomobillarni yaratishdan ko‘ra, ularning haydovchisiz boshqarilishini ta'minlovchi texnologiyalarga e'tibor qaratadi.
Kompaniya o‘z bayonotida uning investitsiyalari "yangi avlod texnologiyalari chegaralarini kengaytirish"ga imkon berishi va bu hamkorlik 2021 yilga borib, to‘liq avtonom avtomobillar ishlab chiqarilishiga zamin yasashini ta'kidlagan.
Intel kompaniyasi aynan "to‘liq" so‘ziga urg‘u beradi. Avtomobillarning hozirgi avlodi ko‘plab texnologiyalarni qo‘llaydi, bu ularga qisman avtonomlik xususiyatini beradi. Biroq Google mashinalariga o‘xshagan to‘liq avtonom avtomobillar - bu imkoniyatlarning mutlaqo yangi darajasi, ya'ni siz ishlaringizdan chalg‘imagan holatda, avtomobilingizni yoningizga chaqirib, ichiga o‘tirishingiz va istagan joyingizga olib borishni buyurishingiz mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:10
O‘zbekiston hududlari va Shanhay o‘rtasida investitsiyaviy sheriklik kengayadi
20:41 / 27.11.2024
Prezident hududlarning investitsiyaviy faolligini yanada oshirishni buyurdi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
18:17 / 23.11.2024