Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongress: AQSh Tramp davrida ham fuqarolarni kuzatishni davom ettiradi
Amerika hukumati yangi prezident Donald Tramp davrida ham fuqarolarning internet faolligi va telefon suhbatlarini kuzatish ishlarini ma'lum bir shaklda davom ettiradi. AQSh Vakillar palatasi milliy xavfsizlik qo‘mitasi bosh maslahatchisi Joan O'Xara shunday fikrni bildirgan.
2001 yil 11sentabr voqealaridan so‘ng, AQShda maxsus xizmatlarga fuqarolarning internetdagi faolligi hamda terrorizmga qarshi kurash maqsadida telefon suhbatlari yozuvlarini tinglashga imkon beruvchi Patriot Act qonuni qabul qilindi. 2015 yilda Barak Obama Senat tomonidan "AQShdagi erkinlik to‘g‘risidagi qonun"ni (Freedom Act) imzoladi. U aslida Patriot Act qonunining yangi tahriri hisoblanadi.
"Aytishim mumkinki, dastur qaysidir shaklda davom ettiriladi", — degan O'Xara Sputnik agentligiga bergan intervyusida.
Mulozimning ta'kidlashicha, AQShga kirib kelayotgan qochqinlarni nazorat qilish masalasi birmuncha bahsli bo‘lgani sabab Kongressda muhokama etiladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025