Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» Oliy Ligada muddatidan oldin chempion bo‘ldi
Toshkent shahrining «Lokomotiv» jamoasi Oliy Liganing 29-turidagi uchrashuvini o‘tkazishidan oldinoq mavsum chempioni bo‘lishi oydinlashdi.
Temiryo‘lchilar jamoasini ikkinchi o‘rinda ta'qib etib kelayotgan «Bunyodkor» jamoasi «Navbahor» bilan uchrashuvda durang o‘ynab qo‘ygach, ochkolari soni 63tani tashkil qilmoqda va endi qolgan uchrashuvlarda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar 68ta ochkosi bor «Lokomotiv»ga yeta olmaydi.
Shu tariqa, «Lokomotiv» o‘z tarixidagi ilk chempionlikni muddatidan oldin rasmiylashtirdi.
«Temiryo‘lchilar» 29-tur uchrashuvini ertaga «Metallurg»ga qarshi o‘tkazishadi. TTZdagi «Lokomotiv» stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs 14:00da start oladi.
Uchinchi o‘rinda esa hozirda Qarshining «Nasaf» jamoasi joylashgan (57 ochko).
Bugungacha bronza medallar uchun kurash olib borgan «Buxoro» jamoasi 29-turda Qashqadaryoning «Mash'al» jamoasiga 0:2 hisobida yutqazdi va 55 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi.
Hali 29-tur uchrashuvini o‘tkazmagan «Paxtakor» 48 ochko bilan beshinchi o‘rinda joylashgan.
Ma'lumot uchun, bu O‘zbekiston chempionati tarixidagi yettinchi chempion jamoadir. Endilikda, «Paxtakor», «Neftchi», «Navbahor», «Do‘stlik», MHSK va «Bunyodkor» jamoalari qatoriga «Lokomotiv» ham qo‘shildi.

Mavzuga oid
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi
21:00 / 02.03.2024