Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maymun bolasi echkilar bilan birga yashamoqda (video)
Xitoyning Tszyansi provinsiyasida maymun bolasi - taxminan magota - echkilar bilan do‘stlashib oldi. Ajoyib lavhalar aks ettirilgan videotasvir CCTV'ning YouTube-kanalida taqdim etildi.
Rolik ostidagi yozuvga ko‘ra, Chjun Shu ismli fermer podaga qarayotgan vaqtda maymun bolasini ko‘rib qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, maymun bolasi 4-5 kundan beri echkilar bilan birga yashamoqda.
"Men unga banan bermoqchi bo‘ldim, biroq u echkiga mahkam yopishib oldi", - deydi xitoylik fermer.
Jonivorlarni himoya qilish mahalliy xizmati mayimunga yordam ko‘rsatib, uni Ichun shahridagi hayvonot bog‘iga ko‘chirib o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025