Barak Obama sotqin Snoudenni kechirishi mumkinmi?
AQSh prezidenti Barak Obama, o‘z vakolati tugaguncha Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenni afv etishi mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Spiegel nashri yozmoqda.
Amerika davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u sud oldida javob bermagan kishini afv eta olmaydi.
Obamaning qayd etishicha, agar Snouden Amerika sudi oldida javob berishga qaror qilsa va uning advokatlari o‘z dalillarini ilgari sursa, o‘shandagina «bu masalalar ahamiyat kasb etadi».
Eslatib o‘tamiz, AQSh MXAning pudratchi xodimi Edvard Snouden millionlab maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlab, uni jahonning obro‘li OAVlariga topshirgan. U Hongkong aeroporti Amerika maxsus kuchlari ta'qibidan qochgan va 2014 yilda Rossiyadan siyosiy boshpana so‘ragan edi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024