Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bukingem saroyi 369 mln funt sterlingga ta'mirlanadi
Londondagi Bukingem saroyi 369 mln funt sterlingga ta'mirlanadi, deb xabar bermoqda Hello. Ta'kidlanishicha, qirollik qarorgohini katta ko‘lamdagi ta'mirlash ishlari kutmoqda, ulardan ba'zilari 60 yil ichida ilk bor o‘tkaziladi.
Ta'mirlash ishlari 2017 yil aprelida boshlanadi. Qirolicha Yelizaveta II ta'mirlash ishlari vaqtida saroyda yashashni va u yerda rasmiy tadbirlar o‘tkazishni davom ettiraveradi. Ta'mirlash ishlari sayyohlar orasida ommabop bo‘lgan tadbirlar, jumladan soqchilar almashishiga ta'sir qilmaydi.
Manbaning aytishicha, qirollik uyi vakillari ta'mirlash ishlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaganlar.
Bukingem saroyi Londonning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Saroyga har yili 500 mingdan ko‘proq odam tashrif buyuradi. 2013 yilda sayyohlar saroyni Britaniyaning o‘ziga chorlovchi asosiy joyi deb atashgan.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025