Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy osiyolik yigit ilonga uylanganini rad etdi
Janubiy osiyolik (Malayziya) Abu Zarin Hussin qator nashrlarda u haqda yozilgan uydirma xabarlar tufayli butun dunyoga mashhur bo‘lganligini bilib, juda hayron qoldi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz: qator nashrlarda yigitning sevgan yori halok bo‘lgandan keyin, u sevgilisi ruhi ilonga o‘rnashib olgan, shu sabab ilonga muhabbat qo‘ygani haqidagi xabarlar e'lon qilingan edi.
«Bu mening suratlarim, lekin bayon etilgan voqea to‘laligicha uydirmadir», — ta'kidladi erkak.
Abu Zarin qutqaruv xizmatida o‘t o‘chiruvchilar instruktori sifatida ishlaydi, Malayziyada esa ko‘pincha uyga kirib olgan ilonlarni zararsizlantirish uchun o‘t o‘chiruvchilar chaqiriladi.
Abu Zarinning otasi ilon avrovchi bo‘lgan, shu bois yigitda, dastlabki paytlarda ilonlardan qo‘rqqaniga qaramay, asta-sekin ilonlar bilan til topishish qobiliyati aniqlandi.
Yigitning uyida to‘rtta ilon yashaydi. Ularning barini o‘t o‘chiruvchi xizmat payti tutib olgan. Abu Zarin jonivorlarning fe'l-atvorini o‘rganib, so‘ng qo‘yib yuboradi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025