Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Borussiya»ning g‘alabasi bundesligada yangi tarix yaratdi
Germaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda Dortmundning «Borussiya» klubi Karlo Anchelotti boshchiligidagi «Bavariya» ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda kiritilgan yagona golga Per-Emerik Obameyang 11-daqiqada mualliflik qildi. Natijada myunxenliklar joriy mavsumda ilk marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi. «Bavariya» hisobidagi ochkolar soni 24taligicha qoldi. Tomas Tuxel shogirdlari to‘plagan ochkolar soni esa 21taga yetdi. Hozirda bir yo‘la 3ta jamoa hisobida shuncha ochko mavjud.
Kecha Leverkuzendan g‘alaba bilan qaytgan «RB Leyptsig» jamoasi esa bundesliga tarixida yangi sahifa ochdi. 27 ochko bilan yaqqol peshqadam bo‘lib olgan leyptsigliklar shu kunga qadar birorta debyutant jamoa uddalay olmagan ishni uddaladi. Shu kungacha chempionatning birorta debyutanti ma'lum turdan keyin yakka peshqadam bo‘lib olmagandi.
Germaniya bundesligasi
11-tur
Borussiya D – Bavariya 1:0 (1:0)
Gol: Obameyang (11).
Borussiya D: Byurki, Ginter, Papastatopulos, Shmeltser (Pulishich, 88), Bartra, Vaygl, Gettse (Kastro, 77), Shyurrle (Durm, 68), Pishchek, Obameyang, Ramos.
Bavariya: Noyyer, Xummels, Boateng, Alaba, Alkantara, Lam (Rafinya, 68), Kimmix (Duglas Kosta, 58), Xabi Alonso (Sanshesh, 74), Riberi, Myuller, Levandovski.
Mavzuga oid
07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
12:21 / 09.04.2025
«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi
03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi
14:17 / 30.01.2025