Sport | 21:14 / 21.11.2016
4934
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyalik futbolchi to‘pni boshida saqlab velosipedda 103 km masofa bosdi

Nigeriyalik futbolchi Xarrison Chinedu velosipedda boshiga to‘pni muallaq saqlagan holda 103 km. masofani bosib o‘tdi. Bu uning Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olishiga sababchi bo‘ladi, deya xabar bermoqda AFP.

«Men rekord o‘rnatdim va bu menga tegishli ekanidan judayam baxtiyorman. Bu natijani Ginnesning rekordlar kitobi ma'muriyatiga jo‘natdik. Natijani kutamiz», — degan Chinedu.

2016 yilning martida Chinedu 48,04 km masofada to‘pni boshida ushlab piyoda yo‘l bosib o‘tib rekord o‘rnatgandi, ammo bu rekord tezda yangilangandi.

Mavzuga oid