Sport | 18:16 / 21.11.2016
8103
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu «Sporting»ga qarshi o‘yin uchun alohida oyoq kiyim tayyorlatdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChL doirasida Portugaliyaning «Sporting» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvi uchun maxsus butsa buyurtma qildirdi.

Bu oyoq kiyimida 06.08.03 raqamlari keltirilgan. Bu ser Aleks Fergyuson uni «Sporting» jamoasida uchratib qolgan kun hisoblanadi. Shu orqali futbolchi o‘zining futboldagi faoliyati boshlangan kunni eslaydi.

2003 yilning 6 avgustida Krishtianuning hayoti o‘zgargan, o‘sha kuni lissabonliklar jamoasi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgandi. Uning o‘yindagi harakatlarini kuzatgan Ser Aleks tez orada uni o‘zi bilan Angliyaga olib ketgandi.

«Real»ning «Sporting»ga qarshi uchrashuvi 22 noyabr oqshomida Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid