Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen o‘z elektrokarlari uchun akkumulyator fabrikasini quradi
Yevropaning avtoishlab chiqaruvchisi bo‘lmish Volkswagen kompaniyasi elektrokarlar uchun akkumulyator ishlab chiqaruvchi xususiy korxonasini ishga tushirishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Volkswagen kompaniyasi juma kuni kasaba uyushmalari bilan 30 ming nafar xodimi bo‘shatilishi haqida kelishib olgan edi. Yangi fabrikada 9 ming nafar yangi ishchi o‘rin yaratilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz: Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi kasaba uyushmalari bilan 23 ming nafar ish o‘rnini qisqartirish va 3,7 mlrd yevro mablag‘ni iqtisod qilish borasida kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Kasaba uyushmalari rahbariyatning elektrokarlar ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari barpo etish xususida bergan va'dalariga ishongan holda, ayni qarorga rozilik bildirgan.
Mavzuga oid
22:13 / 16.01.2025
Xitoy Volkswagenʼning Germaniyadagi zavodini sotib olishga qiziqish bildirmoqda
23:27 / 27.12.2024
Internetda Volkswagenʼning 800 mingga yaqin elektromobili haydovchilariga oid ma’lumotlar tarqalib ketdi
20:30 / 02.12.2024
Volkswagenʼning to‘qqizta zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
23:42 / 27.11.2024