Jamiyat | 15:57 / 23.11.2016
6220
1 daqiqa o‘qiladi

Yer orbitasida Cygnus yuk fazo kemasini yoqib yuborishdi

Foto: Roskosmos

Fazoda alanga tarqalishini o‘rganishga oid Saffire-II deb nomlangan tajriba Cygnus yuk fazo kemasi bortida o‘tkazilmoqda. U 22 noyabrda Xalqaro kosmik stansiyasidan ajralgan edi, deb xabar qilmoqda NASA agentligi.

Fazo kemasi XKSdan ajralganidan so‘ng, tajriba boshlanganini bildiruvchi telemetriya kelgan. Umuman, Cygnus fazo kemasi Yerga tushguncha, 9ta namuna (turli zichlikdagi kremniy va shishaplastikdan yasalgan materiallar) yoqiladi. Ularning eni 5 sm va uzunligi 30 smni tashkil etadi. 

Tajribani o‘tkazishdan maqsad, turli materiallarning past tortish kuchi sharoitida yonish xossalarini o‘rganishdir. 

Umuman, NASAga ko‘ra, Cygnus 27 noyabr kuni Tinch okeani ustida Yer atmosferasiga haqiqatdan yonib ketadi. 
 

Mavzuga oid