Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy to‘rtinchi "Tyanlyan-1" sun'iy yo‘ldoshini fazoga uchirdi
Xitoy 23 noyabrga o‘tar kechasi ma'lumotlarni retranslyatsiya qiluvchi "Tyanlyan-1" sun'iy yo‘ldoshini fazoga uchirdi, deb xabar bermoqda Xitoy mudofaa vazirligi.
"Sinxua" axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, sun'iy yo‘ldosh Sichuan viloyatidagi Sichan kosmodromidan "Chanchjen-3B" raketa-tashuvchisi yordamida fazoga ko‘tarilgan.
Sun'iy yo‘ldosh orbitada qolgan uchta "Tyanlyan-1" yo‘ldoshlariga qo‘shiladi. 4 ta sun'iy yo‘ldosh ma'lumotlarni retranslyatsiya qilish global tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlab turadi. Ta'kidlanishicha, bu "Shenchjou" koinot kemasi, kelajakda orbitada ishlaydigan koinot laboratoriya va stansiyalarining o‘lchash va nazorat xizmatini ta'minlash maqsadida tarmoqning ta'sir qilish hududini yaxshilashga yordam beradi.
Bundan tashqari, sun'iy yo‘ldosh Xitoyning koinot kemalarini uchirishda zarur ko‘rsatkichlarni nazorat qilish va o‘lchashni ta'minlay oladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025