Jahon | 11:45 / 23.11.2016
25442
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston poytaxti prezident sharafiga qayta nomlanishi mumkin

Foto: AFP

Majilis deputati (Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi) Kuanish Sultanov respublika poytaxti Ostonani va mamlakatdagi boshqa muhim obektlarni prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga qayta nomlashni taklif qildi.

U va boshqa deputatlar bu tashabbusni respublika qonun chiqaruvchi organining ikkala palatasi qo‘shma majlisida ma'lum qilgan.

«Mamlakat konstitutsiyasida birinchi prezident — Millat yetakchisi Nursulton Abishevich Nazarboyevning davlatimiz qurilishiga qo‘shgan mislsiz hissasini qayd etishni taklif qilamiz. Yel basi (millat yetakchisi) ismi poytaxt hamda mamlakatning boshqa muhim obektlari nomida aks ettirilsin», — degan deputat Sultanov 16 dekabrda nishonlanadigan Qozog‘iston mustaqilligining 25 yilligi deklaratsiyasi matnini o‘qiy turib.

Deputat shuningdek, Ostonada mustaqillikka bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatishni taklif qilgan.

Mavzuga oid